Istirohat bog'lari

Chop kilish
Kurildi: 2551

"Mustaqillik" nomli madaniyat va istirohat bog‘i

   "Mustaqillik" nomli madaniyat va istirohat bog‘i umumiy er maydoni 3 gektarni tashkil etadi. Istirohat bog‘ida yoshlar dam olish maskani, muzqaymoq majmuasi, sun’iy qoplamali futbol maydonchasi, sokin hudud, milliy estrada tomosha maydoni mavjud.

   Istirohat bogida 2011-2014-yillarda tadbirkorlar tomonidan 70 mln so‘m mablag‘ evaziga 2 ta savdo do‘koni, aholi dam olish uchun 9 ta dam olish ayvonlari qurib foydalanishga topshirildi.

   2013-yilda aholiga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish maqsadida 33 mln so‘m mablag‘ sarflab, "Yoshlar dam olish maskani" qurib, ishga tushirildi.

   2013-yil oktabr oyida tadbirkorlar tomonidan 110 mln so‘m mablag‘ sarflanib, sun’iy qoplamali futbol maydonchasi, 5 mln 950 ming so‘m mablag‘ evaziga sport bilan shug‘ullanuvchilar uchun yuvinish va dam olish xonalari zamonaviy uslubda qurib, foydalanishga topshirildi.

2019-yili bog‘da yana zamonaviy attraksionlar ish boshladi.

Davlat ramzlari

Developed by jtemplate

 

Ob-havo

Kommunal xizmatlar tarifi

Valyutalar kursi

  
© 2014, Namangan viloyati Uychi tumani hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uychi.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.