Ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlar

Chop kilish
Kurildi: 1874

   Joriy yilning birinchi choragida, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning ko`rsatkichlari 36.3 mlrd. so`mni, halq iste`moli mollari ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan 15,5 mlrd. so`mlik iste`mol mollari ishlab chiqarildi. Mos ravishda 14,0 va 11,0 foizga o`sishga erishildi.

   1-chorak yakuni bilan barcha manbalar hisobiga
12,8 mlrd. so`mlik kapital mablag`ar o`zlashtirilib 102,1 foizga, pudratchi tashkilotlar tomonidan o`z kuchlari bilan bajarilgan ishlar hajmi 9,8 mlrd so`m 108,3 foizga bajarildi.

   Tarkibiy qayta o`zgartirishlarni kengaytirish hisobiga ihtisodiyotning raqobatdoshligini yanada oshirish, sanoatni etakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va faol diversifikatsiyalash, axborot-kommunikatsiya tehnologiyalarini  keng joriy etish, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash:

   2015 yil davomida umumiy qiymati 2.8 mlrd so`mlik (shundan
1.6 mlrd so`m bank krediti va 1.2 mldr so`mi tashabbuskor o`z mablag`i xisobiga) 5 ta nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash ishlarini amalga oshirish va 135 ta yangи ish o`rinlari yaratish rejalashtirilgan bo`lib, 1-chorak davomida 1 ta loyihani ya`ni "Nafis charm MCHJ"dа teri mahsulotini ishlab chiqarish tsexini modernizatsiya qilinib ishga tushirilidi. Buning xisobiga 5 ta yangi ish o`rni yaratildi. 

   Sanoatni rivojlantirish  2015 yilda tumanni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturiga asosan Sanoatni rivojlantirish dasturiga
13 ta loyihalar kiritilib, loyihalarning umumiy qiymati 6 mlrd 50 mln so`mni, jumladan imtiyozli bank krediti xisobidan 3 mlrd
795 mln. so`mni hamda loyiha tashabbuskorlarini o`z mablaqlari xisobidan 2 mlrd 255 mln. so`mni tashkil etadi. Ushbu loyihalar amalga oshirilishi natijasida jami 351 ta yangi ish o`rinlari yaratildi.

Qishloq xo`jaligi buyicha.

   2015 yilda  tumanda  5 ta loyiha chetdan  256  dona naslli qora моl olib kelish rejalashtirilgan bu loyihalar bajarilishida  jami 3 mlrd 30 mln. so`m mablag` sarflanishi ko`zda tutilgan shundan tadbirkorlik sub`ektlari mablaqi xisobidan 910 mln. so`m, tijorat banklari imtiyozli kredit mablaqlari xisobidan 2 mlrd 120mln. so`mni tashkil etadi.

   Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga to`liq erkinlik berish, bu boradagi barcha to`siqlar va cheklashlarni bartaraf etish:

   Tumanda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat mulklaridan  samarali foydalanish yuzasidan 7 ta bo`sh turgan bino-inshootlar investorlarga  investitsiya  majburiyatlari evaziga yangi ish o`rinlari yaratish sharti bilan  "nol" xarid qiymatda sotish taklifiga kiritilgan ob`ektlarda Nizom talablariga asosan tuman xokimligi va balansda saqlovchi bilan birgalikda investitsiya kiritish  sharti bilan "nol" xardi qiymatda sotish taklifiga kiritilgan  7 ta ob`ekt bo`yicha investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarini eng kam miqdori 2 mlrd 900 mln so`mni tashkil etish xisobiga  300 ta yangi ish o`rinlari yaratilishi ko`zda tutilgan.

   Viloyat hokimining 2014 yil 7 iyuldagi 206-sonli qarori, tuman qokimining 2014 yil 11 iyuldagi 618-sonli qaroriga asosan tuzilgan tuman ishchi komissiyasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat mulki ob`ektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga sotish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`qrisida"gi 2200-sonli qarori 1-ilovasiga asosan buzilishi belgilangan Uychi tumani Mashad QFY qududida joylashgan tuman tibbiyot birlashmasi balansidagi Mashad xududiy shifoxonasinig ayollar bulimi bino inshootlarini balansda saqlovchi tomonidan buzildi hamda tuman hokimligining zahirasiga olindi saloxiyatli tadbirokor berildi.

   Jumladan, zamonaviy  dorixona, fito bar, ЭKG, tish davolash binolari qurib bitkazish  natijasida  20 ta ish urinlari  yaratiladi xamda tadbirkor tomonidan xozirda loyiha xujjatlari tayyorlanib qurilish ishlari olib borilmoqda.

   O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat mulki ob`ektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga sotish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`qrisida"gi 2200-sonli qarori 3-ilovasiga asosan  tanlov savdolari orqali "nol'" xarid qiymatda investitsiya majburiyatlari evaziga yangi ish o`rinlari yaratish sharti bilan sotilishi belgilangan bo`sh turgan foydalanilmayotgan, Sobiq "Uychiirkurilish" SHК investitsiya kiritish sharti bilan nooziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub`ektiga berish tanlov o`tkazilib, tanlov yakuni bo`yicha  Sobiq "Uychiirkurilish" SHK ma`muriy bino va inshootlari   3,5 ga er maydonida  "Эkspress building servis" MCHJ  tomonidan beton va pishgan qisht mahsulotlari, bruschatka va akfa eshik va romlari yasash faoliyatini yo`lga qo`yish maqsadida 2 yil muddatda 600 mln.so`m investitsiya kiritish hamda  60 ta yangi ishchi urni yaratish sharti bilan berildi.

   Ishlab chiqarishni maqalliylashtirishni chuqurlashtirish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasinи kengaytirish:

   O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 fevraldagi
"2014-2016 yillarda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlaр va materiallar ishlab chiqarishni maqbulliylashtirishni yanada chuqurlashtirish to`qrisida"gi PQ-2120-sonli qarorini viloyatda ijrosini ta`minlash maqsadida viloyat hokimining 2014 yil 18 fevraldagi 50-sonli qarori qabul qilingan.

   Mazkur qaror asosida dasturga muvofiq 2014 yilda jami 1 ta xududiy tasarrufdagi korxonaning loyihasi bo`yicha 150 mln. so`mlik mahsulot ishlab chiqarilish belgilab olingan.

   Dastur doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida 2014 yil davomida 814 mln so`mlik (rejaga nisbatan 5 baravar) maqsulotlar ishlab chiqarilib, 843 mln so`mlik mahsulotlar ichki bozorlaрга sotildi.

   Mahsulot ishlab chiqarish hajmlari korxona kesimida ko`rilganda, "Extra Primer Bat" MCHJ tomonidan 3676 dona avtomobillar uchun akkumulyatorlar kabi mahsulotlar ishlab chiqarilib, dastur asosida yanvar-dekabr oylariga belgilangan prognoz topshiriqlari to`liq ta`minlangan.

   2015 yil davomida "Extra Primer Bat" MCHJ tomonidan 3800 dona avtomobillar uchun akkumulyatorlar maxsulotlar ishlab chiqarib, 900 mln so`mlik mahsulotlar ichki bozorlarga sotilishi ko`zda tutilmoqda. 1-chorak davomida yaqin 900 dona akkumulyator maqsulotlari ishlab chiqarilib, 230 mln so`mlik maxsulot ichki bozorga sotildi.

   Xozirda jamiyat tomonidan yangi loyiha asosida jamiyat mablag`i xisobiga quyosh panellariga batareya va akkumulyator ishlab chiqarish yo`lga quyilmoqda. Ushbu loyihani umumiy qiymati 200 mln so`mni tashkil etib, 60 nafar ish o`rni yaratish ko`zda tutilgan.

Davlat ramzlari

Developed by jtemplate

2018 yil - "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"

 

Ob-havo

Kommunal xizmatlar tarifi

Valyutalar kursi

  
© 2014, Namangan viloyati Uychi tumani hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uychi.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.