Tashkiliy tuzilma

Chop kilish
Kurildi: 3547

Tashkiliy tuzilmasi

   Uychi tumani hokimligi apparatida jami 24 kishi faoliyat ko'rsatadi. Bular tuman hokimi,  tuman hokimining moliya - iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha birinchi o'rinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bo'limi boshlig'i, hokimning kapital qurilish, kommunikatsiya, kommunal xo`jaligi va obodonlashtirish masalalari bo`yicha o`rinbosari, tuman hokimining o'rinbosari - mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash tuman bo'limi boshlig'i, investitsiya masalalari bo`yicha o`rinbosari, qishloq xo'jalik masalalari bo`yicha o`rinbosari, ijtimoiy soha masalalari bo`yicha o`rinbosari  hamda ularning 1 nafardan iborat  bosh mutaxassislari, axborot xizmati rahbari, davlat tili bo'ycha maslahatchi, xotin qizlar masalalari bo'yicha maslahatchi, shuningdek, tashkiliy-nazorat guruhi rahbari, ish yuritish bo`linmasi mudiri,  1 nafar bosh hisobchi, 1 nafar yordamchi hisobchi, 2 nafar mutaxassis, 1 nafar yurist, 1 nafar hokim yordamchisi faoliyat olib boradilar. Bo'linmalar faoliyati ularning rahbarlari tomonidan tuman hokimining qarori bilan tasdiqlangan nizomlar asosida ish tashkil etiladi.

 Tuman hokimligi apparati:

   - sohalar va hududlarda o'tkazilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlarning amalda bajarilishini ta'minlaydi;

   - hokimlik muhokamasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalarini belgilangan muddatda ishlab chiqilishini tashkil qiladi. Yuqori tashkilotlar hamda hokim qaror va farmoyishlarining mahalliy boshqaruv organlari hamda idoralari tomonidan o'z vaqtida bajarilishini ta'minlaydi va nazoratini tashkil qiladi;

   - bo'lim, guruh vakolatiga taalluqli masalalar bo'yicha tahliliy hujjatlarni tayyorlaydi va hokimlikka tushgan axborot, taklif va mulohazalarni umumlashtiradi.

     Tuman hokimligi apparati bo'linmalari faoliyatiga tuman hokimi va hokim o'rinbosarlari rahbarlik qiladi. Ularning ichki apparat va hujjatlar bilan ishlash borasidagi faoliyati tashkiliy-nazorat guruhi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.

 

Uychi tumani hokimi

 Muhammadzokir Jo‘raboyevich Mamatxonov 

M. Mamatxanov 1974-yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti, 2012-yilda Prezident akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

1998-2016-yillarda Pop, Chust, Norin tumanlari, Namangan shahri va Namangan viloyat davlat soliq inspeksiyalari, Namangan viloyati hokimligi va Uychi tumani hokimligida turli vazifalarda mehnat qilgan.

2016-2017-yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan.

2018-yildan 2020-yilga qadar Namangan viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Muhammadzokir Mamatxonov 2020-yil 16-iyuldan beri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Namangan viloyati hokimining 2021-yil 23-fevraldagi qarori bilan Muhammadzokir Jo‘raboyevich Mamatxonov Uychi tumani hokimi etib tayinlandi.

23.02.2021

 

Davlat ramzlari

Developed by jtemplate

 

2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”

Kommunal xizmatlar tarifi

Valyutalar kursi

  
© 2014, Namangan viloyati Uychi tumani hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.uychi.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.